01:21 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
546931

2018-2019 yillar davomida  aholiga elektr energiyasi uchun - 545 mlrd., tabiiy gaz uchun - 430,8 mlrd. soʻm asossiz qarzdorlik hisoblangan.

TOSHKENT, 24 yanv - Sputnik. Foydalanilmagan energiya resurslari uchun asossiz qarzdorliklar belgilangani boʻyicha Respublikada jami 146 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda Respublika MIB xodimi AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi MIB direktorining birinchi oʻrinbosari Xasan Kabirdjanovning taʼkidlashicha, asosciz qarzdorlikning kelib chiqishi Byuro organlarining tashkil etilishi bilan bogʻliq emas, bu holatlar Byuro faoliyati davrida koʻproq yuzaga chiqdi.

Asossiz qarzdorlikning yuzaga kelishi sababi esa, muqaddam isteʼmolchi korxonalar tomonidan uzatilgan resurslarning isteʼmolchilarga yillar davomida hisoblanib kelinishi oqibatida yuzaga kelgan.

Jumladan, isteʼmolchilarga asossiz hisoblangan qarzdorlikni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha hukumat topshirigʻiga asosan MIB tomonidan kerakli chora-tadbirlar koʻrilgan.

2018-2019 yil davomida  429 ming nafardan ortiq isteʼmolchilarga foydalanilmagan elektr energiyasi uchun 545 mlrd soʻm, tabiiy gaz boʻyicha 212 ming nafar isteʼmolchilarga 430,8 mlrd. soʻm asossiz qarzdorlik hisoblanganligi aniqlangan. Ushbu noreal qarzdorlik elektron dasturdagi isteʼmolchilarning hisob varagʻidan chiqarilib, ularning buzilgan huquqlari taʼminlangan.

Bundan tashqari 309 ming nafar isteʼmolchilarning hisob varagʻiga ortiqcha isteʼmol hajmi kiritilishi oqibatida 325,3 mlrd soʻm,  34,8 mingdan ortiq holatda bir isteʼmolchiga ikki yoki undan ortiq hisob-raqamlari ochilishi va qarzdorlik hisoblanishi sababli 34,3 mlrd. soʻm noreal qarzdorlik aniqlangan.

Shuningdek, buzilgan xonadonlarning 34,2 mingdan ortigʻida isteʼmol hajmi hisoblanishi orqali 30,1 mlrd. soʻm, yashash uyida mavjud boʻlmagan 25,6 ming isteʼmolchilarga 107,1 mlrd. soʻm asossiz qarzdorlik yozilgan.

Yana boshqa holatlarda 24,5 ming nafar isteʼmolchilarga 40,6 mlrd. soʻm noreal qarzdorlik hisoblanganligi aniqlangan.

Foydalanilmagan energiya resurslari uchun belgilangan asossiz qarzdorlik hisoblanishi holatlari boʻyicha jami 146 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Anjumanda qayd etilishicha, Byuro tomonidan asossiz qarzdorliklarni xatlovdan oʻtkazish chora-tadbirlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular