10:57 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
72110

Qozogʻistonda ikki davlat mutasaddilari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoʻlovchilarning eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan turli xil maʼlumotlarga alohida eʼtibor qaratildi.

TOSHKENT, 26 yanv – Sputnik. Qozogʻistonda “Yoʻlovchi tashish transporti” AJ va “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ hamda Oʻzbekiston va Qozogʻistonning bir qator davlat organlari vakillari ishtirokida ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” xabariga koʻra, unda ikki davlat oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining 18-qoʻshma yigʻilishi bayonnomasida belgilab berilgan ayrim vazifalar ijrosi xususida soʻz yuritilgan.

Qayd etilishicha, yigʻilishda soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoʻlovchilarning eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan turli xil maʼlumotlarga alohida eʼtibor qaratilgan.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ qarashli yoʻlovchi poyezdlarining Qozogʻiston xududidan hamda Qozogʻistonning “Yoʻlovchi tashish transporti” AJ qarashli yoʻlovchi poyezdlarining Oʻzbekiston hududidan oʻtishida har ikkala davlat migratsiya, bojxona , chegara xizmati, ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida qoʻshma monitoring oʻtkazish borasida fikrlashib olindi.

Shuningdek, yigʻilishda davlat chegara stantsiyalarida bojxona, chegara xizmatlari nazorati jarayonlarini tezlashtirish, migratsiya, ichki ishlar organlari kabi tashkilotlar tomonidan yoʻl davomida yoʻlovchilarning hujjatlarini tekshirish kabi holatlarni kamaytirish masalalari muhokama qilingan.

Qolaversa, poyezd ichida yoʻlovchilarga davlat chegaralaridan oʻtishda nimalarga eʼtibor qaratishlari, zarur hujjatlar haqida koʻproq maʼlumotlar berishni, tushuntirish ishlarini yoʻlga qoʻyish masalasi ham koʻrib chiqilgan.

Taraflar yoʻlovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida oʻrganish, ularni tegishli davlat organlariga yuborib kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf qilishga eʼtibor qaratishdi.

Tadbir soʻnggida ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishini joriy  yilning yoz oylarida Toshkent shahrida oʻtkazishga kelishib olindi.

Asosiy mavzular