00:10 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
957 0 0

Xitoyda 25 yanvar kuni koronavirus tarqalishi sababli 1,2 mlrd kishi istiqomat qiladigan hududlarda eng yuqori darajadagi favqulodda vaziyat joriy etilgan.

TOSHKENT, 26 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston TIV Xitoyda boʻlib turgan yoki ushbu davlatga tashrif buyurmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.

Oʻzbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi va Shanxay shahridagi bosh konsulxonasi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yil 25 yanvar kuni koronavirus tarqalishi sababli Xitoy hukumati mamlakatning 1,2 milliard kishi istiqomat qiladigan 25 ta provintsiyasi, markazga boʻysunadigan shaharlari va maxsus maʼmuriy hududlarida sogʻliqni saqlash boʻyicha eng yuqori darajadagi favqulodda vaziyatni joriy etgan.

Xubey provintsiyasining 15 dan ortiq shaharlarida maxsus karantin choralari joriy etilgan: transport vaqtincha toʻxtatilgan, vokzallar va aeroportlar ishlamayapti.

Pekin shahrida 30 dan ortiq kishi ushbu kasallikni yuqtirgan boʻlib, u yerda aksar diqqatga sazovor joylar, teatrlar, muzeylar, shu jumladan Taqiqlangan shahar yopilgan.

Elchixona Xitoyda boʻlib turgan yoki mamlakatga turizm va boshqa maqsadlar uchun tashrif buyurmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga barcha xavf-xatarlarni inobatga olish va barcha ehtiyot choralarini koʻrishni tavsiya qilgan.

“Elchixona yanvar oyida Uxandan vatanga qaytib kelgan oʻzbekistonlik talabalarni zudlik bilan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan +998909882330 (direktor oʻrinbosari B.Qurbonov), +998972755074 (bosh mutaxassis F.Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bogʻlanishni qatʼiy tavsiya qiladi”, - deyiladi TIV xabarida.

Idora Xitoy hududidagi Oʻzbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasiga (tel.: +86 135-1102-4242 Bobur Yahyoyev, +86 139 1175-4476 Shuhrat Umirov) hamda Shanxay shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.:+86 131-2255-5772, Aziz Ulugʻbekov) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan.

Asosiy mavzular