O‘zbekistonlik Tataristonda “Yil talabasi” mukofotini qo‘lga kiritdi

© IA "Tatar-inform"Kamoliddin Nuriddin ugli Boboxonov
Kamoliddin Nuriddin ugli Boboxonov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kamoliddin Boboxonov mukofot puli va dunyoning istalgan oliy ta’lim muassasasida o‘qishni bepul davom ettirish imkoniyatiga ega chiqdi.

TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Tatariston poytaxti Qozon shahrida respublikaning eng yaxshi talabasi aniqlandi. Qozon federal universitetining Ijtimoiy-falsafiy fanlar va ommaviy kommunikatsiyalar institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba Kamoliddin Boboxonov ushbu mukofotni qo‘lga kiritdi.

“Tatar-inform” agentligi xabariga ko‘ra, g‘olibga mukofotni Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning shaxsan o‘zi topshirgan.

Ushbu mukofot Kamoliddin Boboxonovga 50 ming rubldan tashqari, dunyoning istalgan oliy ta’lim muassasasida o‘qishni bepul davom ettirish imkoniyatini beradi.

Yangiliklar lentasi
0