Vafot etgan fuqarolar pensiyasi nima bo‘ladi?

Obuna bo‘lish
Bir necha yil pensiya to‘lovlarini to‘lab kelib, lekin nafaqaga chiqqanidan so‘ng bir yil yoki qisqa vaqt ichida vafot etsa, uning nafaqasi nima bo‘ladi?

TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda bir necha yil pensiya to‘lovlarini to‘lab kelib, lekin nafaqaga chiqqanidan so‘ng bir yil yoki qisqa vaqt ichida vafot etsa, uning nafaqasi nima bo‘ladi, - degan savolga Pensiya jamg‘armasi mutaxassislari quyidagicha javob berishdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, pensiya to‘lovlari faqat hayot davri uchun to‘lanadi. Vafot etgan fuqarolarning yaqinlariga me’ros tariqasida o‘tmaydi, - dedi mutaxassis.

Lekin vafot etgan fuqarolar yaqinlari uning dafn nafaqasini va hayotlik davrida olinmay qolgan pensiya to‘lovini olishlari mumkin.

Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda pensiya tizimi qachon raqamlashtiriladi?

Undan tashqari bugungi kunda marhumning tirik qolgan turmush o‘rtog‘ining nafaqasi kam miqdorda bo‘lsa, uning nafaqa turi o‘zgartirilishi mumkin. Masalan, yoshiga doir pensiyadan voz kechib, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishi mumkin.   

Shuningdek, Pensiya jamg‘armasi mutaxassislari O‘zbekiston bu borada yetakchi xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangayotganini xabar qilishdi.

Ma’lumot uchun, ayrim Yevropa davlatlarida fuqaro vafot etganidan so‘ng nafaqasining qolgan qismi uning yaqinlariga me’ros sifatida o‘tishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Pensiya jamg‘armasi 2020-yilning 1-apreliga qadar, yetakchi xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘z ichiga olgan, yangi pensiya jamg‘armasi konsepsiyasini ishlab chiqishlari kerak. Konsepsiya muhokama uchun normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylashtiriladi. 

Yangiliklar lentasi
0