O‘zbekistonda qancha mahkum pensiya olayotgani ma’lum bo‘ldi  

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZaklyuchenniy ispravitelnoy kolonii vo vremya raboti
Zaklyuchenniy ispravitelnoy kolonii vo vremya raboti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahkumlar pensiyasi istalgan bankning plastik kartasiga o‘tkazilishi mumkin - pensiya tizimining yangi konsepsiyasi.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekistonda necha nafar mahkumlar pensiya olayotgani ma’lum bo‘ldi, Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

- Bugungi kunda 68 nafar mahkum etilgan fuqarolar pensiyalarini olib turishibdi, - dedi Pensiya jamg‘armasi mutaxassislari matbuot anjumanida.

Shuningdek jamg‘arma vakillari O‘zbekiston yangi Pensiya tizimi konsepsiyasida mahumlarga pensiya berishning yangi tizimi ishlab chiqilgani haqida ham hikoya qilib berdi. 

Koloniya ma’muriyati koloniya joylashgan hududdagi pensiya jamg‘armasiga talabnoma beradi. Unga mahkum ismi sharifi va pensiya turi ko‘rsatilgan ro‘yxat ilova qilinadi.

Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda pensiya tizimi qachon raqamlashtiriladi?

Shundan so‘ng pensiya jamg‘armasi ushbu manzil kolniyasining maxsus ochilgan pensiya hisob raqamiga o‘tkazib beradi. Keyinchalik pensiya Ichki ishlar tomonidan mahkumning shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazib beriladi yoki naqd pul sifatida tarqatiladi.

Xabaringiz bor mahkumlar mehnatga ham jalb etiladi, shu sabab ularda alohida hisob raqami mavjud. Pensiyalar ham ushbu hisob raqamida jamlanadi. Mahkumlar o‘z xohishlariga ko‘ra pullarini istalgan bankning plastik karatalariga ham o‘tkazishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yilning 1-apreliga qadar yangi pensiya tizimi konsepsiyasini ishlab chiqilmoqda. Konsepsiyada MDH, Yevropa va Osiyo davlatlarining eng ilg‘or tajribalari hisobga olinadi. Konsepsiya tayyor bo‘lganidan so‘ng u normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga joylashtiriladi. 

 

Yangiliklar lentasi
0