05:59 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
453510

Gulnora Karimova uyining umumiy maydoni 70 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Unda bogʻ va hovuz bor.

TOSHKENT, 28 yanv – Sputnik. Britaniya OAVlari Gulnora Karimovaning shu kungacha nomaʼlum boʻlgan koʻchmas mulklari roʻyxatini eʼlon qildi, deb yozadi The Times.

Nashr yozishicha, Karimova 1912 yilda qurilgan Gorse Hill Manor mulkiga egalik qiladi, uni 2010 yilda 23,5 million dollarga sotib olgan. Bugungi kunda uning narxi 39 million dollarni tashkil etadi. "Koʻchmas mulkning umumiy maydoni 70 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Shuningdek, unda bogʻ va hovuz mavjud", deyiladi xabarda.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Uzbeknewsbest (@uzbekistanwithloveeee)

OAV xabarlariga koʻra, Karimova yana ikkita xonadonga ega, ularning narxi 10,4 million va 2,6 million dollarga baholanmoqda. Ser Bryus Forsayt va Bruney sultoni Karimovaning qoʻshnilari hisoblanadi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Uzbeknewsbest (@uzbekistanwithloveeee)

Eslatib oʻtamiz, 2015 yil avgustida Karimova tovlamachilik va soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlikda ayblandi, 2017 yil 18 dekabrda yana bir holat boʻyicha ayblanib, unga 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish chorasi koʻrilgan.

2019 yil avgust oyida Bosh prokuratura birinchi prezidentning qiziga nisbatan yangi davlat mablagʻlarini talon-taroj qilish va mamlakat manfaatlariga zid bitimlar tuzish yuzasidan jinoiy ishlarni qoʻzgʻatdi. 2019 yil dekabr oyida ishlardan birining tergovi yakunlangani eʼlon qilindi.

Xususan, Karimova 165 million dollar va 85 milliard soʻmdan (9 million dollar) koʻproq zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. 6 yanvar kuni Bosh prokuraturaning bildirishicha, Karimovaga qarshi davlat byudjetidan pul undirish va oʻzlashtirish boʻyicha boshqa jinoiy ish tergovi yakunlangan.

Asosiy mavzular