10:37 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
682 0 0

AOKAdagi matbuot anjumanida yakuniy hisobga yetmayotgan fuqarolarning stajini xarid qilishi mumkinligi borasidagi savolga javob qaytarildi.

TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida oʻtkazilgan matbuot anjumanida ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar uni sotib olishi mumkinmi degan savolga javob berildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Qayd etilishicha, qonunga muvofiq, ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolarga nafaqa toʻlanmaydi. Ammo ularning ijtimoiy himoyasi Vazirlar mahkamasining 2011-yil aprel oyida qabul qilingan 107- sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Jumladan, bir yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarga nafaqa tayinlanmaydi. Lekin u jazoni oʻtash muassasasidagi 65 yoshga toʻlgan mahkum erkak boʻlsa,  yoki 60 yoshga toʻlgan ayol boʻlsa, u nafaqa bilan taʼminlanishi lozim.

Matbuot anjumani ishtirokchilariga yakuniy hisobga yetmayotgan fuqarolarning stajini xarid qilishi mumkinligi borasida savol bilan murojaat qilindi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati boʻlim boshligʻi — Shuhrat Oʻtaganovning taʼkidlashicha, 2020-yilning aprel oyiga qadar pensiya tizimini isloh qilish kontseptsiyasi taqdim etilishi koʻzda tutilgan.

Ushbu kontseptsiyada ish stajini xarid qilish masalasi boʻyicha takliflar bayon etilib, umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi.

Asosiy mavzular