05:31 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
932 0 0

Xitoyning koronavirusi - 2019-nCoV bilan kasallanish soni tez surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. Ayni damda Virus XXR chegarasidan janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlariga tarqalmoqda.

TOSHKENT, 28 yanv - Sputnik, Ramiz Baxtiyarov. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vabo, karantin va yuqori yuqumli infektsiyalar profilaktikasi markazining vabo laboratoriyasining mudiri Maʼrufjon Madaminov Sputnik muxbiri bilan suhbatda hozirgi vaziyat qanchalik xavfli ekanligi, mamlakatda qanday choralar koʻrilgani va yaqin kunlardagi prognozlari bilan oʻrtoqlashdi.

- Bir kun oldin sizning boʻlimingiz Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova bilan videokonferentsiya oʻtkazdi. Nima muhokama qilindi va qanday tavsiyalar berildi?

Yondashuvlar dunyoning turli burchaklarida paydo boʻlgan viruslarning avvalgi tarqalishlariga oʻxshaydi: xalqaro sogʻliqni saqlash qoidalari doirasida ishlash, JSST tavsiyalariga rioya qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni cheklamaslik, bir-birlarini oʻzaro xabardor qilish, Xitoydan kelganlarni yashash joyida ikki hafta mobaynida tibbiy kuzatuvga olish. Shuningdek, infektsiyani oldini olish uchun shifokorlar va aholining xabardorligini oshirish, shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish kerak.

Rospotrebnadzor, agar kerak boʻlsa, diagnostikumlar bilan yordam berishga tayyor (serologik reaktsiyalar uchun antigen sifatida ishlatiladigan neytrallangan mikroorganizmlarning suspenziyalari – muallif izohi).

- Bularning barchasi qanchalik miqyosli va xavfli boʻlishi mumkin?

Virusning kontagiozlik (yuqumli kasalliklarni kasaldan sogʻlom sezgir odamlarga yuqishi hususiyati. – muallif izohi) oʻrtacha darajada deb baholanadi, oʻlim darajasi 2%, bu koʻrsatkich nisbatan past. Masalan, qush grippida oʻlim hollari dastlab 100% gacha yetgan edi. Tarqatish koeffitsiyenti tahminan 1,2-1,5 deb baholanmoqda. Bu avvalgi viruslarga, xuddi shu qush grippiga va boshqalarga qaraganda oʻrta-miyona koʻrsatkichlar.

- Kam uchraydigan yovvoyi hayvon infektsiyaning qoʻzgʻatuvchisi boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumotlar paydo boʻldi. Buni ehtimolligi qanchalik?

Ha. Koronaviruslarning aksariyati kelib chiqishi hayvonlardan. Boshqacha qilib aytganda - zoonozlar. Darvoke, qush grippi ham zoonozdir. Hozirgi vaziyatda infektsiya Uxan bozoridagi dengiz mahsulotlari, qisman chorvachilik mahsulotlari, quruqlikdagi yashovchi hayvonlardan yuqtirilganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Xitoylik hamkasblarning laboratoriya tadqiqotlari natijalariga koʻra, bozorda olingan namunalarning uchdan bir qismi koronavirus izlari borligini koʻrsatdi. Ammo kim yoki nimadan, qaysi turlardan va birlamchi yuqtiruvchi manba boʻlganligi hozircha nomaʼlum. Har hil turdagi hayvonlar - qoramol, it, dengiz mahsulotlari, sudralib yuruvchilar va boshqalar. Xitoyliklar, umuman olganda, harakatlanadigan hamma narsani yeyishadi.

- OAVlar shuningdek, virus yuqori haroratga chidamli emasligi haqida xabar tarqatdi. U bizning yozgi iqlimimizga moslashmaydi deb aytish mumkinmi?

Taxminan, shunday. Viruslar biz, insoniyat kabi uchun turli zotlidir. Hamma ham morjlar kabi chiniqmaydi yoki quyoshda boʻlishni afzal koʻrmaydi. Ammo hozircha yangi virus haqida hamma narsa ham maʼlum emas. Bilim va tajriba toʻplangani sari yondashuvni oʻzgartirish mumkin.

- Xitoyga nisbatan havo qatnovi, sayyohlar oqimi, savdo cheklovlari va boshqa izolyatsiya choralari koʻrilishi mumkinmi?

Chegaralarni yopishning hojati yoʻq, ushbu bosqichda savdo cheklovlari mavjud emas. JSSTning favqulodda qoʻmitasi 22-23 yanvar kunlari vaziyatni koʻrib chiqib, Bosh direktorga sogʻliqni saqlash uchun xalqaro favqulodda vaziyatni eʼlon qilishni taklif qilmadi. Ilgari, bu eʼlon ikki marta sodir boʻlgan: Xitoyda atipik pnevmoniya va Gʻarbiy Afrikada Ebola virusi epidemiyasi paytida. Ammo taxminan bir haftadan keyin, ikkinchi uchrashuv rejalashtirilgan, boshqa yechim boʻlishi ehtimoldan holi emas. Hozircha. Hammasi vaziyat qanday rivojlanishiga bogʻliq.

- Xitoy rasmiylari virus tarqalishi haqidagi maʼlumotlar tufayli vahima qoʻzgʻamaslikka chaqirmoqda. Kelgusi kunlar yoki haftalar boʻyicha prognozlaringiz qanday?

Xitoylik hamkasblarning matematik modellashtirishiga koʻra, fevral oyining birinchi oʻn kunligida choʻqqiga chiqish kutilmoqda. Virus bilan chalingan odamlar koʻpaygani sari, shu odamlar qonida antitelalar paydo boʻladi. Har bir bunday uchrashuv virusning patogenligini kamaytiradi. Ushbu hodisa epidemik jarayonning oʻzini oʻzi tartibga solish deb nomlanadi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, yangi koronavirus Gonkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Frantsiya, Avstraliya va Malayziyada aniqlangan. Rossiya va Oʻzbekistonda Xitoydan va yoki boshqa davlatlardan 2019-nCoV virusining kirib kelishi holati kuzatilmadi. Respublika Sogʻliqni saqlash vaziri fuqarolarga xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha chet elga chiqmasliklarini maslahat berdi.

Asosiy mavzular