20:35 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
369 0 0

MIB maoshlarini oʻz vaqtida ololmay kelayotgan 83 nafar xodimning mehnatga haq olish huquqining tiklanishiga yordam berdi.

TOSHKENT, 28 yanv – Sputnik. MIB maoshlarini oʻz vaqtida ololmay kelayotgan 83 nafar xodimning mehnatga haq olish huquqining tiklanishiga yordam berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, MIB Kogon tuman boʻlimi Kogon tumanlararo sudining qaroriga asosan “Neftgazqurilishtaʼmir” AJning 2-son vakillik korxonasidan 2 nafar, “Muborakneftgazmontaj” OAJ qarashli “KIP Montaj Servis” unitar korxonasidan 81 nafar ishchi-xodimlar mehnatga toʻlanadigan ish haqlarini oʻz vaqtida ololmay kelgan.

MIB ushbu xodimlarning jami 748,1 mln. soʻmlik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirilishida amaliy koʻmak bergan.

Asosiy mavzular