Amersfort qahramonlari haqidagi filmni suratga olish boshlandi

© Press-slujba NA "Uzbekkino"Uchastniki syomochnoy gruppi NA "Uzbekkino" posetili monument Skorbashey materi v Samarkande
Uchastniki syomochnoy gruppi NA Uzbekkino posetili monument Skorbashey materi v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkinchi jahon urushi yillarida Amersfortdagi konslagerda qurbon bo‘lgan 101 nafar o‘zbekistonlik askarlar haqida filmni suratga olish boshlandi.

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. Samarqandda Ikkinchi Jahon urushi yillarida hozirshi Niderlandning Amersfort shahridagi konslagerda qiynab o‘ldirilgan o‘zbekistonlik askarlar haqida hujjatli film suratga olinadi. Bu haqida Sputnik muxbiriga “O‘zbekkino” matbuot xizmati xabar qildi.

Filmda 1941-yilda Smolensk shahri yaqinida asirga tushib qolgan 101 nafar aksariyati o‘zbekistonlik bo‘lgan askarlar haqida so‘z yuritiladi. Ma’lum bo‘lishicha, Gebbelsning shaxsiy buyrug‘iga asosan, asirlar ishtirokida targ‘ibot filmi suratga olish rejalashtirilgan bo‘ladi.

Uzniki konsentratsionnogo lagerya Osvensim - Sputnik O‘zbekiston
Erkinjon Turdimov konslagerlar qurbonlarini esga oldi

Natsistlar asirlarni bir necha kun davomida och saqlab, keyin ularning oldiga bir buxanka non tashlashni, asirlarning non uchun bir-birlarini urib talashishini tasvirga olib o‘z askarlari orasda “qaranglar qanday yovvoyi xalq bilan kurashayapsizlar” degan mavzuda targ‘ibot filmi tarqatoqchi bo‘lishadi.

Kinoga olish guruhi kelganda, bir necha kun ovqat yemagan askarlar nonga talashmaydi, aksincha guruh ichidan yoshi kattaroq bir kishi nonni mayda bo‘laklarga bo‘lib, barchaga tarqatishini toqat bilan kutib turishadi. Qabih niyati amalga oshmagan fashistlarning g‘azabi qaynaydi va ular asirlarni ayovsiz kaltaklab, so‘ng otib tashlashadi.

Ushbu voqea uzoq vaqt davomida noma’lum bo‘lgan. Bir necha yil oldin Amersfort shahri yaqinidan noma’lum askarlar qabrlari topilgan. Niderlanlik jurnalist Remko Reyding ushbu voqeani 20-yildan buyon o‘rganib kelmoqda. Ayni damda u o‘zbekistonlik askarlarning qahramonligi haqidagi filmda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan.

Ushbu film “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan, Gollandiyalik kinochilar yordamida, Samarqand viloyati hokimligi ishtirokida suratga olinmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Amerfort qurbonlari aksariyat samarqandlik bo‘lgan.

“O‘zbekiston va Gollaniya kinochilari ishtirokida, o‘zbek xalqining milliy ruhi va qahramonligi aks etgan ushbu voqeaning yangi tafsilotlarini ochib beruvchi hujjatli film suratga olinishiga ishonaman”, - dedi “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Gollandiyalik jurnalist Reyding esa, ushbu jarayonda Ikkinchi jahon urushining haqiqiy qahramonlari bo‘lgan o‘sha yigitlarning ism shariflarini aniqlash va ularning qarindoshlarini topishga umid qilmoqda.

© Press-slujba NA "Uzbekkino"Uchastniki syomochnoy gruppi NA "Uzbekkino" posetili monument Skorbashey materi v Samarkande
Amersfort qahramonlari haqidagi filmni suratga olish boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Uchastniki syomochnoy gruppi NA "Uzbekkino" posetili monument Skorbashey materi v Samarkande
Yangiliklar lentasi
0