11:46 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
764 0 0

Sankt-Peterburgda Milliy tadqiqot universiteti olimlari DNK-nanorobot yaratishdi. Kelajakda u saraton hujayralarini aniqlab, oʻldira olishi aytilmoqda.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Bir guruh peterburglik olimlar onkologik kasalliklarni davolashning yangi usulini taklif qilishdi. Sankt-Peterburgda Milliy tadqiqot universiteti (ITMO universiteti) tadqiqotchilari DNK qismlaridan nanorobot yaratishdi. Kelajakda u saraton hujayralarini aniqlab, oʻldira oladi.

Tadqiqotning ilk natijalari “Chemistry - A European journal” jurnalida chop etilgan. Universitet matbuot xizmati xabarida aytilishicha, zararlangan hujayralar nazoratsiz koʻpaya boshlaydi va bu oʻsmaning rivojlanishiga olib keladi. Shu bilan birga saraton hujayralari genomida oʻzgarish roʻy beradi.

Olimlarning taxmin qilishicha, agar kasallik bilan bogʻliq oqsillarni ishlab chiqarish jarayoni toʻxtatilsa, saraton hujayralarining oʻzi oʻla boshlaydi. Yangilari esa paydo boʻla olmaydi.

Qayd etilishicha, yaratilgan DNK-nanorobot ikki qismdan iborat. Birinchi qism kasallik qoʻzgʻatuvchi RNKni kesadi, ikkinchisi esa kasallangan hujayralarni aniqlashda yordam beradi. Gap shundaki, nanorobot kasallangan RNKni qayd etganda, kimyo reaktsiyasi vujudga keladi va hujayra yorishib ketadi.

Texnologiyaning murakkabligi va aslligiga qaramasdan uning arzonligi aytilmoqda. Bunday nanorobotni laboratoriya sharotida yaratishga 1000-1500 rubl sarflanadi.

Olimlarning taʼkidlashicha, ularni amalda qoʻllash uchun hali bir talay vazifalarni hal qilish, jumladan, bu kabi nanorobotlarning samaradorligi va xavfsizligini tekshirish, hayvonlarda sinov oʻtkazish zarur.

Asosiy mavzular