15:01 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)
2110 0 0

Olimlar koronavirusni yuqtirish mumkin boʻlgan yangi holatlarni maʼlum qilishdi. Ularning soʻzlariga koʻra, yangi virus bilan pul yoki uyali telefon orqali yuqtirish mumkin.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Olimlar koronavirusni pul orqali yuqtirish mumkinligini maʼlum qildi. "Izvestiya" xabariga asosan.

Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, bolalardagi yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti Ivan Konovalovning soʻzlariga koʻra, yangi 2019- nCoV maishiy buyumlar, pul banknotalari va uyali telefonlar orqali, havo orqali yuqadigan har qanday infektsiya kabi yuqtirilishi mumkin.

Virus bemorning yoʻtal yoki aksirishi orqali havo tarqaladi, maishiy buyumlar ustiga tushadi. Bu gripp virusi, qizamiq, suvchechak, rinovirus va yangi koronavirusga xos.

Yangi koronavirus

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provintsiyasi markazi boʻlgan Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.

Keyinchalik, kasallik qoʻzgʻatuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Virusning qurbonlari umumiy soni 259 nafarga yetdi, 11791 odam u bilan zararlangan. Bir kun ichida virus bilan kasallanganlar soni 2102 nafarga koʻpaygan. Kasallikdan tuzalganlar soni 243 nafarga yetdi.

Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Frantsiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindiston, Rossiyada yuqtirish holati qayd etilgan.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan favqulodda holat, deb tan oldi.

 

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)

Asosiy mavzular