O‘zbekiston havo yo‘llari Xitoydan 3 ta parvoz amalga oshiradi

© Stringer SputnikUzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner
Uzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoydan kelgan yo‘lovchilar dastlab vaqtinchalik yashash markaziga yuboriladi. Shu sabab ularni kutib olish uchun Toshkent aeroportiga chiqish kerak emas.

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Pekin va Uaxandan Toshkentga charter parvozlarini amalga oshiradi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati Sputnik muxbiriga xabar qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, parvozlar 4 va 5-fevral kunlari amalga oshiriladi:

  • Pekin — Toshkent (2 ta reys) – past narxlarda
  • Uxan – Toshkent (1ta reys) – bepul

Reyslarga chiptalarni sotib olish uchun yo‘lovchilar O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining vakolatxonasining telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Reyslar Xitoyda koronavirus infeksiyasining avj olishi munosabati bilan amalga oshirilib, har bir samolyotda tibbiyot xodimlari va virusologiya sohasi mutaxassislari, zamonaviy diagnostika asboblari, shaxsiy himoya vositalari va zarur tibbiy preparatlar bilan jihozlangan. Shuningdek,  O‘zbekiston SSV bilan birgalikda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

“Reys yo‘lovchilari yetib kelgach,  vaqtincha yashash markaziga yuboriladi. Shu munosabat bilan sizdan Toshkent shahridagi aeroportda yo‘lovchilar bilan uchrashmasligingizni so‘raymiz” deyiladi aviakompaniya xabarida.

Kelish vaqti esa keyinroq e’lon qilinadi.

Yo‘lovchilarning vaqtinchalik turar joy markazida bo‘lishiga oid savol bilan O‘zbekiston SSV Sanitariya–Epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisi telefon raqami (+998 (71) 276-49-66)ga murojaat qilish so‘ralgan.

Yangiliklar lentasi
0