Toshkent metrosining 6 ta bekati qurib bitkazildi

© Uzbekiston temir yullariShest stansiy novoy linii tashkentskogo metro postroyeni - foto
Shest stansiy novoy linii tashkentskogo metro postroyeni - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qurib bitkazilgan bekatlarda yo‘lovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yo‘lkirani elektron to‘lash imkonini beruvchi turniketlar hamda eskalator bilan jihozlangan.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Toshkentda qurilayotgan halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan “Do‘stlik – Qo‘yliq” uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar qildi.

“Ma’lumki, “Toshkent metropoliteni” UKning “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan yo‘nalishi 11 kilometr bo‘lib, “Do‘stlik-2” hamda 2, 3, 4, 5, 6 hamda Qo‘yliq bozoridagi 7-bekatlardan iborat”, – deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kapital qurilish direksiyasi rahbar o‘rinbosari Aziz Abdiyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib 2-, 3-, 4-, 5- hamda 6-bekatlarda ham qurilish ishlari nihoyasiga yetkazilgan.  Yangi qurib bitkazilgan bekatlarda yo‘lovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yo‘lkirani elektron to‘lash imkonini beruvchi turniketlar hamda eskalator bilan jihozlangan. Ikki qavatlik bekatlarning har biriga imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus liftlar ham o‘rnatildi.

© Uzbekiston temir yullariShest stansiy novoy linii tashkentskogo metro postroyeni - foto
Toshkent metrosining 6 ta bekati qurib bitkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Shest stansiy novoy linii tashkentskogo metro postroyeni - foto

Ushbu yo‘nalishda poyezdlarning o‘rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 5 daqiqadan iborat bo‘lib, bekatlar 5ta vagon to‘xtashi uchun mo‘ljallangan.

© Uzbekiston temir yullariShest stansiy novoy linii tashkentskogo metro postroyeni - foto
Toshkent metrosining 6 ta bekati qurib bitkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Shest stansiy novoy linii tashkentskogo metro postroyeni - foto

Qayd etilishicha, har bir bekat milliy me’morchilik uslubiga xos tarzda qurilib, ko‘rinishi va bezatilishi jihatidan bir-birini takrorlamaydi.

Yangiliklar lentasi
0