Uxandan qachon va necha kishi olib kelinishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSamolet AAirbus 320 uzbekskix avialiniy
Samolet AAirbus 320 uzbekskix avialiniy  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uxanda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish 4-fevraldan 5-fevralga o‘tar kechasi amalga oshiriladi.

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Uxanda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish borasida amalga oshirilgan texnik va tashkiliy ishlar yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Uxandan evakuatsiya qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlar 4-fevral kuni kech soat 17:00 dan 5-fevral kuni soat 03:00 ga qadar amalga oshiriladi. Uxan – Toshkent aviaparvozida olib kelish uchn 81 kishilik ro‘yxat tashkillashtirilgan” , - deyilgan  xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, koronavirus tarqalishi munosabati bilan, O‘zbekistonning barcha OTMlari xodimlari va talabalaridan Xitoyga borish yoki Xitoy fuqarolarini O‘zbekistonga taklif qilishni to‘xtatishni so‘radi. 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin O‘zbekiston Havo yo‘llari ayni damda Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish borasida 3ta parvoz amalga oshirilishini xabar qilgan edi. Ushbu xabarga ko‘ra Pekindan 2ta  va Uxandan 1ta parvoz amalga oshiriladi.

Shuningdek, Xitoydan kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarini kutib olish uchun aeroportga chiqish kerak emasligi xabar qilingan edi. 

Yangiliklar lentasi
0