Iste’molchilar suyultirilgan gazni nazorat tarozisida o‘lchab olishlari mumkin

© "Xududgazta’minot"Vzveshivanie gazovogo ballona
Vzveshivanie gazovogo ballona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suyultirilgan gaz sotib olayotgan iste’molchilar, gaz ballon vazni belgilangan miqdorda bo‘lmasa, uni olmasdan rad etishlari mumkin.

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Ballonlarda sotiladigan suyultirilgan gazni iste’molchilar nazorat tarozilari orqali tekshirib olishlari mumkin. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Gazovie balloni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda suyultirilgan gaz yagona narxda sotiladi

Qayd etilishicha, bundan buyon aholiga yetkazilayotgan suyultirilgan gaz miqdori nazorat tarozisi orqali o‘lchab beriladi. Shu maqsadda suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun mo‘ljallangan 835 ta avtotransport vositalari nazorat tarozilari bilan to‘liq ta’minlangan.

Bundan tashqari joriy yilda  har bir iste’molchining maxsus “ID” kartalar bilan ta’minlanishi, maishiy gaz ballonlarga maxsus yorliqlar yopishtirilishi ko‘zda tutilgan.

Bu orqali suyultirilgan gazni iste’molchi tomonidan qabul qilish va to‘lovni amalga oshirishda shaffoflik yaratiladi, hisob-kitob tizimi avtomatlashtiriladi.

Shuningdek, “Hududgazta’minot” AJ iste’molchilardan suyultirilgan gaz ballonlarini qabul qilganda uning beyelgilangan sifat va hajmda yetkazib berilishini talab qilishlari, gaz miqdorini nazorat tarozilarda o‘lchab ko‘rishlarini so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0