07:26 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
90020

AQSH Xitoydagi qozoqlar va uygʻurlarga qarshi qatagʻonni toʻxtatishni talab qilmoqda, dedi Qozogʻistonga safari chogʻida Mayk Pompeo.

TOSHKENT, 4 fev - Sputnik. Xitoyning Shinjon viloyatida uygʻurlar va etnik qozoqlarning ogʻir vaziyati Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi va AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo tomonidan muhokama qilindi, deb xabar beradi Sputnik Qozogʻiston.

"Inson huquqlarini himoya qilinishi millat ruhini belgilaydi. Biz odam savdosi bilan bogʻliq masalalarni, XHR ning Qozogʻiston bilan chegaradosh hududlarida joylashgan lagerlarida boʻlgan bir milliondan ortiq musulmon uygʻurlar va etnik qozoqlar masalalarini muhokama qildik", dedi Mayk Pompeo Nur-Sultondagi matbuot anjumanida.

U oʻz nutqida AQSH barcha davlatlarga qoʻshilib qatagʻonlarga chek qoʻyishni talab qilganini aytdi.

"Biz Xitoyni tark etishni istagan odamlarning xavfsizligini taʼminlashga, ushbu odamlarning insoniy qadr-qimmatini himoya qilishga chaqiramiz", - deya xulosa qildi Davlat kotibi.

Shuningdek, u Qozogʻistonning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashga qoʻshgan hissasini yuqori baholadi va Qozogʻistonning Suriya va Iroqdan ayollar va bolalarni olib chiqish boʻyicha operatsiyalari boshqa davlatlarni ham ilhomlantirishi kerakligini aytdi.

Asosiy mavzular