03:41 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
255 0 0

Endilikda dori shakli, qadoqdagi dorilar soni, dozasi, kontsentratsiyasi, hajmi va qadoqlash xususiyatlariga qarab ularga eng yuqori narxlar belgilanadi.

TOSHKENT, 5 fev – Sputnik. Endilikda dori shakli, qadoqdagi dorilar soni, dozasi, kontsentratsiyasi, hajmi va qadoqlash xususiyatlariga qarab ularga eng yuqori narxlar belgilanadi. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qilindi.

Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning maʼlum qilishicha, 2020 yil 1 iyuldan boshlab dori shakli, qadoqdagi dorilar soni, dozasi, kontsentratsiyasi, hajmi va qadoqlash xususiyatlariga qarab, ularga eng yuqori narxlar belgilanadi.

Shuningdek, dori vositalarini Oʻzbekistonga import qilish va realizatsiya qilish belgilangan narxlarda, undan yuqori boʻlmagan tartibda amalga oshiriladi.

Brifingda Farmetsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi rahbari Muhabbat Ibragimova, bugungi kunda qabul qilingan bir qancha qarorlarga qaramay, dorixonalarda retseptga amal qilmagan holda dori vositalarini sotish holatlari sodir boʻlayotganini taʼkidladi. 

Bundan tashqari yana bir muammolardan biri sotib olinayotgan dori vositalarining bemorga foyda bermayotganligidir. Buning ortidan aholida norozilik kayfiyati tugʻilmoqda. Bu esa hal qilish kerak boʻlgan muammolardan biridir.

Shunga koʻra, Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 6 sentyabr “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Bu qarorda belgilanganidek,  retsept yozayotganda taʼsir qiluvchi va dorixonalarda bor boʻlgan assortimentlar tavsiya qilinishi kerak. Bemor shu retsept asosida oʻz ehtiyojiga qarab, dori vositalarini tanlashi mumkin. 

Asosiy mavzular