O‘zbekistonda pensiya yoshi oshiriladimi – PJ javobi

Obuna bo‘lish
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan pensiya yoshi oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Trudovaya knijka - Sputnik O‘zbekiston
Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar uni sotib olishi mumkinmi?

Qayd etilishicha, hozirda xorijiy mamlakatlarda pensiya ta’minotini, shu jumladan 3 bosqichli ta’minoti pensiya tizimini tashkil qilish tajribalari o‘rganilmoqda.

Ishlab chiqilayotgan Konsepsiya loyihasida aholini ijtimoiy himoya mustahkamlashga xizmat qilib, asosiy e’tibor pensiya miqdorini oshirishga, iqtisodiy faol aholini ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali qamrovini kengaytirishga qaratiladi.

Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalarni joriy etib, faqat pasport asosida pensiya tayinlash, elektron murojaatlar asosida markazlashgan holda tayinlash va to‘lash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

“Alohida ta’kidlash lozimki, ushbu Konsepsiya loyihasida pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmagan”, - deyiladi xabarda.

Xabarda loyihani ishlab chiqish nihoyasiga yetgach, u umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0