TOSHKENT, 6 fev – Sputnik. Buxoroning qadimiy shahar qismida olib borilgan restavratsiya ishlari vaqtida 13X48 sm boʻlgan qayriqtosh topildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

“Topilmaning oʻziga xosligi shundan iboratki, ilgari, olimlarning fikriga koʻra, bu kabi kichik oʻlchamdagi qabr toshi ishlatilmagan”, - deyilgan xabarda.
Mulla Payraviy masjidining chillaxonasi restavratsiya vaqtida bu topilma aniqlandi.
Mahalliy mutaxassislar topilmani tartibga keltirib, chuqur oʻrganib chiqilishi uchun Toshkent sharqshunoslik institutiga yuborishdi.
Qayroqtoshda eski arab yozuvidagi “Al-faqix Ahmad Ammor al-Ansori, Allohning rahmatidan qoʻrquvchi, unga qaytuvchi, hijriy 563 yilning rajab oyi/ milodiy 1168 yilning may oyida olamdan oʻtdi”, deb yozilgan ekan.
Topilmaning ahamiyatli jihati shundaki, bu Buxorodagi maqbaralarda qayroq ishlatilgan birdan bir holatdir. XI-XIV asrlarda qayroqdan, asosan, Samarqand, Fargʻona vodiysida va qisman Toshkentda qabrtosh sifatida foydalanilgan.