TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. Toshkentdagi avtobuslar turli yuqumli kasalliklar viruslari keng tarqalishining oldini olish maqsadida dezinfektsiya qilinmoqda.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Hududiy sanitariya va epidemiologiya markazlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroylari hamda ularga biriktirilgan shohbekatlarda dezinfektsiya ishlari boshlandi.
Mazkur sanitariya tadbiri bir hafta davom etadi. Ushbu muddatda avtosaroylar va ulardagi transport vositalari hamda Toshkentdagi barcha shohbekatlarda dezinfektsiya ishlari bajariladi.