17:42 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
358 0 0

Yetti yuz kishiga mashina olib berishni vaʼda berib, boshlangʻich toʻlovini qoʻlga kiritgan “Avto Rental” taʼsischilari ushlandi.

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik.  Odamlarga mashina olib berishni vaʼda qilib, boshlangʻich toʻlovni qoʻlga kiritgan "Avto rental" maʼsuliyati cheklangan jamiyat rahbariyati qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda Tergov departamenti.

MCHJ rahbariyati 695 nafar odamdan 40 oy ichida, qoʻshimcha toʻlovlarsiz, boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan mashina olib berishni vaʼda berib, har bir kishidan 4 – 12 milliondan boshlangʻich toʻlovlarini yigʻib olgan. Jami toʻplangan mablagʻlar 2,8 milliard soʻm boʻlgan, deyilgan xabarda.

Jamiyat aʼzolari 3 oydan 7 oygacha boʻlgan muddatda transport vositasi yetkazib berishni vaʼda berishgan boʻlsada, shartnoma imzolangan fuqarolardan birortasiga avtomobil yetkazib berilmagan. Korxona rahbariyati oldamlarga hech qanday avtomobil sotib olib berishni rejalashtirmagan.

Aksincha, tashkilot hisob raqamida 1,9 milliard, naqd koʻrinishda toʻplangan mablagʻlar MCHJ taʼsischilarining boshqa bizneslarini rivojlantirish maqsadida foydalanilgan. Naqd pul koʻrinishida qabul qilingan toʻlovlar esa shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan.

MCHJ rahbarlaridan  3 kishiga ayblov eʼlon qilingan. Ulardan ikki nafari – Saidaxmad Ishonxoʻjayev va Qubayev Hayotulla hibsga olingan, Oʻlmas Ishonxoʻjayev ismli taʼsischi hozircha qidiruvda.

Shuningdek, Tergov qoʻmitasi hibsga olish vaqtida MCHJ hisob raqamidan 390 mln soʻm qoldiq pul va taʼsischiga tegishli boʻlgan, qiymati 450 million soʻmlik Mersedes Bens avtomobili  musodara qilingan.

Prokuratura xabariga koʻra, avtomobil uchun oldindan toʻlov kiritgan fuqarolar sud qarori eʼlon qilinganidan soʻng, belgilangan taribda mablagʻlarini qaytarish uchun ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Asosiy mavzular