01:46 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
514 0 0

Polshada Oʻzbekiston fuqarolarini noqonuniy ishga jalb qilish bilan shugʻullangan guruh ushlangan. Jinoiy guruh pul evaziga qalbaki firmalar orqali Polsha va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari hududida boʻlish va ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlagan.

TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. Polshada Oʻzbekiston fuqarolarini noqonuniy ishga jalb qilish bilan shugʻullangan guruh ushlangan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Polshada toʻrt nafar ukrainalik, ozarbayjonlik va polshalik fuqarolar xorijiy mehnat migrantlari uchun noqonuniy hujjatlar tayyorlashgan.

Jinoiy guruh pul evaziga qalbaki firmalar orqali Polsha va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari hududida boʻlish va ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlagan.

Natijada Ozarbayjon, Rossiya, Gruziya, Ukraina, Oʻzbekiston, Turkiya, Pokiston, Eron, Iroq va Qozogʻistonda boʻlgan 500 dan ortiq fuqarolar ushbu jinoiy guruh tuzogʻiga tushishga ulgurgan.

Jinoiy guruhni qoʻlga olish jarayonida ular yashagan kvartira va faoliyat yuritgan ofislarda koʻplab hujjatlar, elektron vositalar, shuningdek, 120 ming dollar qiymatidagi avtomobillar, elektron jihozlar musodara qilingan.

Asosiy mavzular