02:35 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
295 0 0

Gap yoʻlovchi va yuklarni avtomobilda tashish litsenziyasi haqida bormoqda. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun 223 ming soʻm yigʻim undiriladi.

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat — shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanish uchun litsenziya olish ishga tushirildi. Bu haqda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Endilikda ariza beruvchi, yoʻlovchilar va yuklarni tashishni amalga oshirish uchun litsenziya olishga quyidagi havola orqali ariza berishi kifoya. Bunda zarur maydonchalar toʻldiriladi va ariza tasdiqdan oʻtishi 3 ish kuni davomida kutiladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarida (223 ming soʻm) yigʻim undiriladi. Litsenziya kartasini berish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

Litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma yozma yoki elektron shaklda bir ish kuni ichida taqdim etiladi. Litsenziyaga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan litsenziya bitimi ilova qilinadi.

Asosiy mavzular