Dam olib, lagerda yurgandek yuribmiz - karantinda saqlanayotganlar

© Minzdrav Uzbekistana Sanatoriy gde naxodatsya v karantine privezennie iz Kitaya grajdane
Sanatoriy gde naxodatsya v karantine privezennie iz Kitaya grajdane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda karantinda bo‘lib turgan fuqarolar yeb-ichishi, madaniy hordiq chiqarishlari, bo‘sh vaqtlarining unumli foydalanishlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilgan.

TOShKENT, 11 fev - Sputnik. Xitoydan olib kelingan, ayni damda karantinda saqlanayotgan o‘zbekistonliklar o‘zlarining ayni damda qanday shart-sharoitda ekanliklarini ma’lum qilishdi. Bu haqdagi lavha Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi tomonidan e’lon qilindi

Ayni damda karantinda bo‘lgan fuqarolarning lavha orqali ma’lum qilishlaricha, ularning yeb-ichishi, madaniy hordiq chiqarishlari, bo‘sh vaqtlarining unumli foydalanishlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilgan.

"Chiroyli yangi sanatoriyaga joylashtirildik, kayfiyatimiz a’lo, yangi do‘stlar orttirdik. Bu yerda hamma narsa bor, hatto uyda bunday mazali taomlar yemas edim. Dam olib lagerda yurgandek yuribmiz", - deyishda karantinda saqlanayotganlar.   

Fuqarolarning yana biri esa koronavirus tufayli bir qancha davlatlar o‘z fuqarolarini kasallik tarqalgan mamlakatdan olib chiqib keta olmaganligini, lekin O‘zbekiston bu jarayonga loqayd bo‘lmaganligini aytadi.

Ushbu fuqarolar yangi ta’mirdan chiqqan sanatoriyaga joylashtirilgan bo‘lib, ularga 5 mahal ovqat berilmoqda. Fuqarolarning har biridan har kuni yangi analiz olinmoqda.  Ularning salomatligi, immunitet tizimining ko‘tarilishi shifokorlar tomonidan nazorat qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0