Mutaxassis qahva inson organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aytdi

© pixabayChashka kofe
Chashka kofe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi yillarda qahva mashhurligi sezilarli darajada oshdi, uni keksalar ham yoshlar, ham ichadilar. Choy va qahva bo‘yicha ekspert Yelizaveta Tixonova ayrim cheklovlar mavjudligini ta’kidladi.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Katta yoshdagi sog‘lom odam tanasiga kahvani o‘rtacha iste’moli hech qanday zarar yetkazmaydi, bu ichimlik tarkibida toksinlar mavjud emas. Shunga qaramay, kofein tanadagi ko‘plab jarayonlarga ta’sir qilar ekan, bolalar uchun kofe ichmaslik yaxshiroqdir, dedi agronom, choy va qahva bo‘yicha ekspert Elizaveta Tixonova Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Kaloriyalar hisob-kitobi ishqibozlari diqqatiga: shakar, sut va boshqa qo‘shimchalarsiz bir chashka qahvaning kaloriya tarkibi nolga boradi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, kofeinning ta’siri tufayligina qahva ichganda energiya kuchaygani hissi paydo bo‘ladi.

Olimlar miyani yoshartiruvchi hujayralarni topishdi

“Qahva choyga qaraganda tanaga kuchliroq ta’sir qiladi. Agar choy sakkiz soat ichida ta’sir qilsa, taqsimlangan ta’sirga ega bo‘lsa, qahva ikki soat ichida ta’sir qiladi, ammo ancha kuchliroq. Shuning uchun bolalar uchun haqiqiy qahva ichmaslik yaxshiroqdir. 8 gramm - bu ichimlikning bir chashkasiga yetarli miqdor,bu yetarlicha miqdor, bunda tana faollashadi. Yurak va miya kuchaytirilgan rejimda ikki soat ishlaydi. Kofein yosh tanada yaxshi ishlaydi, ammo tanani shakllanishi davrida yaxshisi bunga yo‘l qo‘yilmaslik kerak, chunki kelajakda har hil ta’sir qilishi mumkin. Qahvadan siz qaroliya olmaysiz, balki faqatgina kofein, ya’ni siz faqat organizmni faollashtirasiz, qo‘shimcha energiyani olmaysiz,”- deb tushuntiradi Yelizabeta Tixonova.

Qahva urug‘larida, shuningdek, vitaminlar va organizmga kerak bo‘lgan ko‘plab mikroelementlar mavjud.

"Urush paytlarida odamlar qahvani bo‘tqa kabi iste’mol qilishgan. Bu barcha kerakli moddalarni o‘z ichiga olgan to‘laqonli dondir. Qovurilganida ko‘plab vitaminlar yo‘qoladi, Lekin V guruhining vitaminlari saqlanib qoladi, ular issiqlik bilan ishlov berishga bardosh beradi. Bu S vitaminining o‘tkazguvchisidir. Agar siz bir paytning o‘zida qahva ichib va olma iste’mol qilsangiz, S vitamini yaxshiroq so‘riladi. Shuningdek qahvada tananing hujayralarini oziqlantiruvchi juda ko‘p mikroyelementlar mavjud”, - mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0