Toshkentda ishga tushayotgan ilk svetoforsiz yo‘l o‘tkazgich tirbandlikning yechimi bo‘ladi

© Press-slujba prezidenta RUzAvtomobilniy most v Tashkente
Avtomobilniy most v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning eng katta chorrahalaridan biri bo‘lgan Ohangaron va Parkent, Maxtumquli hamda Sharqiy aeroport ko‘chalarini bog‘lovchi yangi transport yechimining qurilish ishlari tez orada nihoyasiga yetkaziladi.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Hozirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi “Ko‘prikqurilish tresti” UK tomonidan olib borilayotgan mazkur yo‘l o‘tkazgich qurilishi ishlarining 90 foizidan ortig‘i bajarilgan. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, yaqinda Toshkentning eng katta chorrahalaridan biri bo‘lgan Ohangaron va Parkent, Maxtumquli hamda Sharqiy aeroport ko‘chalarini bog‘lovchi yangi transport yechimining qurilish ishlari nihoyasiga yetkaziladi.

Ushbu yo‘l o‘tkazgichning qurilish ishlari  2018-yilning may oyida boshlanib, loyiha mamlakatdagi ilk uch pog‘onalik transport yechimi hisoblanadi.  

Uning atrofida birorta ham svetoforlar bo‘lmaydi. Avtomobillar barcha yo‘nalishda to‘xtovsiz harakatni davom ettirishi oson bo‘ladi, tirbandliklarning oldi olinadi. 

Shuningdek, Ohangaron va Parkent ko‘chalari umumiy uzunligi 502 metr bo‘lgan tunnel uslubidagi yo‘l o‘tkazgich bilan bog‘lanadi. 

Birinchi uch qavatli yo‘l bog‘lamasi - Sputnik O‘zbekiston
Uch qavatli yo‘l o‘tkazgich qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi ?

Tunnel kengligi 26,7 metr, ko‘prik osti balandligi 5,5 metrni tashkil etadi. Loyiha ikkinchi pog‘onasida esa 2 ta umumiy diametri 329, 2 metrdan iborat  bo‘lgan xalqasimon yo‘l o‘tkazgich bo‘ladi. 

Uchinchi pog‘onadagi umumiy uzunligi 593 metr, kengligi 26 metr bo‘lgan yo‘l o‘tkazgichlar Maxtumquli va Sharqiy aeroport ko‘chalarini bog‘laydi. Uning 411 metri estakada, 182 metri esa tayanch devordan iborat.

Mutaxassislarga ko‘ra, tez orada loyihadan o‘rin olgan barcha qurilish ishlari yakunlanib, uch pog‘onali transport yechimi foydalanishga topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0