19:17 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (144)
375 0 0

Oʻzbekistonda 800dan ortiq namuna tekshirilib koronavirus topilmadi, 771 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda 812ta namuna tekshirilib, ularda koronavirus topilmadi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi.

Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida joriy yilning yanvar oyidan boshlab 10 fevral kunigacha 812ta namunalar koronavirus infektsiyasiga tekshirilib, ushbu namunalarda koronavirus infektsiyasi topilmadi, - deyilgan xabarda.

Mazkur agentlikning koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish shtabi soʻnggi oy davomida Xitoydan qaytgan 3447 nafar fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazgani va ularning 2676 nafarida koronavirus yashirin davri yakunlangani va ularda kasallik alomatlari topilmaganini xabar qilgan edi.

Shuningdek, bugungi kunda 771 nafar fuqarolar 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingani ham aytib oʻtilgan.

Soʻnggi maʼlumotga koʻra, bugungi kunda koronavirus bilan kasallangan fuqarolar soni Xitoyda 40235 mingdan, dunyo boʻyicha 40553 nafarni tashkiml qilgan. Virus bilan zararlanganlar sonining kunlik oʻsish miqdori 8 %ni (2987 nafar) tashkil etmoqda. 1000 dan ortiq kishi vafot etgan. Ushbu kasallikdan XXRdan tashqari yana 25ta davlatda 318 nafar fuqarolarda qayd etilgan.

Mavzu:
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (144)

Asosiy mavzular