23:00 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
341 0 0

Oʻzbekistonda 2020 yil 1 sentyabrga qadar kiberxavfsizlikning huquqiy asoslarini shakllantirish boʻyicha choralar koʻrishni rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yil 1 sentyabrga qadar kiberxavfsizlikning huquqiy asoslarini shakllantirish boʻyicha choralar koʻrishni rejalashtirilmoqda. Bu prezidentning 2020 yildagi Davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmoni loyihasida koʻzda tutilgan. Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan.

Shu jumladan 2020–2023 yillarga moʻljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqish taklif qilinmoqda.

Bu milliy virtual makonda jinoyatchilikka qarshi kurashishni tartibga solish, kiber hujumlardan muhim infratuzilmani himoya qilishning yagona kiberxavfsizlik tizimi va huquqiy asoslarini yaratish, mamlakatda kiberxavfsizlik choralarini mustahkamlashni oʻz ichiga oladi.

Eslatib oʻtamiz, Moskvada boʻlib oʻtgan “Ochiq innovatsiyalar” xalqaro forumda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov  oʻtgan yilda mamlakatda 8 millionga yaqin kiberhujumlar qayd etilganini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular