08:41 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
871 0 0

Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat Xavfsizlik Kengashi yigʻilishini oʻtkazdi. Unda voqea sabablarini oʻrganish va aybdorlarni qonunchilik talablar asosida javobgarlikka tortish toʻgʻrisida topshiriq berdi.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Qozogʻiston birinchi prezidenti, Elboshi Nursulton Nazarboyev mamlakat Xavfsizlik Kengashi  yigʻilishini oʻtkazib, Jambil viloyati Korday tumanida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan fikr bildirdi. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.

Birinchi prezident halok boʻlgan oila aʼzolariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatlarda sogʻayib ketishini tiladi.

“Yuzaga kelgan vaziyat meni juda bezovta qilmoqda. Xalqimiz bilan shu 30 yilda biz katta qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Yoshlar bu muammolarni tasavvur ham qila olmaydi. Qozogʻistonda 130 korxonalar ish faoliyatini toʻxtatdi, 2,5 million kishi ishsiz va maoshsiz qoldi, uylarda issiqlik yoʻq edi, oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi boʻlgan. Biz bularni birga boshimizdan oʻtkazdik”, - dedi Nazarboyev.

Nazarboyev voqea sabablarini oʻrganish va aybdorlarni qonunchilik talablar asosida javobgarlikka tortish toʻgʻrisida topshiriq berdi.

Uning fikricha, oksoqollarning missiyasi - qozogʻistonliklarga mustaqil, rivojlangan va barqaror davlatni faqat birgalikdagi saʼy-harakatlar orqali saqlash mumkinligini tushuntirishlari zarur.

Qozogʻiston xalq assambleyasi va uning joylardagi vakolatxonalari bunday vaziyatlarni oldindan bilib, nazoratga olishi zarurligi taʼkidlandi.

Yigʻilish davomida Jambil viloyati hokimi Berdibek Saparbayev va ichki ishlar vaziri Yerlan Turshumbayevning axboroti tinglandi.

Eslatib oʻtamiz, 7 fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlogʻida ommaviy mushtlashuv yuz bergan. Tartibsizlikda qariyib 400 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok boʻldi, 40 kishi jarohat oldi. Politsiya 50 kishini qoʻlga oldi. Oʻt qoʻyish oqibatida 30 ta uy, 15 ta doʻkon va 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi. 

Asosiy mavzular