09:37 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (128)
547 0 0

Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida XXRga tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yubormoqda.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Oʻzbekiston chorshanba kuni Xitoyga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda uni qoʻllab-quvvatlash maqsadida insonparvarlik yordami yuboradi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda. Kecha tegishli farmoyishga Shavkat Mirziyoyev imzo chekkandi.

“Bugun biz doʻst Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yuki yubormoqdamiz. Bu asosan bir martalik steril tibbiy qoʻlqoplar, himoya qiluvchi kombinezon,yuz uchun filtrlovchi niqob, maxsus tibbiy forma, tibbiy niqoblar va boshqalar, - dedi Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev. – Bu XXRga hozirda kerak boʻlgan narsalar. Aynan shunday holatlarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik sinaladi”.

"Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yukining olib ketilayotgani bu nafaqat strategik hamkorlik desa boʻladi, balki oddiy tilda doʻstlik rishtalari deb aytsak boʻladi. Aynan shu doʻstlik rishtalarini bogʻlash maqsadida ushbu respublikaga mana shu insonparvarlik yukini olib boryapiz", - deya qoʻshimcha qildi vazir oʻrinbosari.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Xitoy mamlakatning yirik savdo hamkorlaridan biri ekanini taʼkidladi.

“Bugungi kunda  Xitoy Xalq Respublikasiga har taraflama amaliy yordam berishga tayyormiz”, - dedi Axatov

Xitoyning Oʻzbekistondagi elchisi Tszyan Yan Oʻzbekiston hukumatidan insonparvarligi yordami koʻrsatilishi toʻliq ikkki tomonlama munosabatlarning darajasini ifodalashini qayd etdi.  

“Hozir biz hurmatli prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, oʻzbek xalqi va Oʻzbekiston hukumatidan kuchli va begʻaraz qoʻllab-quvvatlashni his etmoqdamiz. Biz buni juda yuqori baholaymiz. Oʻzbekiston va Xitoy doʻstona mamlakatlar” – dedi elchi.

Shuningdek, ushbu yordam Xitoy xalqiga birdamlik hissini bagʻishlashishini qoʻshimcha qildi.

Sputnik maʼlumotlariga koʻra, keyinroq Xitoyga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi yuboriladi.

Mavzu:
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (128)

Asosiy mavzular