08:47 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (128)
66810

Oʻzbekiston Xitoy uchun insonparvarlik yordamini tayyorladi. Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev respublika Xitoyga koronavirusga qarshi kurashda nima taqdim etishi haqida gapirdi.

Chorshanba kuni Toshkent aeroportida xavfli infektsiyaning tarqalishiga qarshi kurashish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga shaxsiy himoya vositalarini yetkazib beradigan maxsus bort tayyorlab qoʻyildi.

“Vaziyat ogʻirligicha qolmoqda: 42 mingdan ortiq kasallanganlar, deyarli ming kishi halok boʻldi. Xitoyda ayniqsa, Uxan va boshqa qator viloyatlarda eng ogʻir vaziyat. JSST koronavirusni umumjahon sogʻliqni saqlash tizimiga tahdid deb tan oldi. Shuning uchun mamlakatlar xavfli kasallik bilan kurashda faol yordam berishmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston chegarada epidemiologik nazoratni kuchaytirdi, aeroportlarda isitmasi bor bemorlarni aniqlaydigan teplovizorlar oʻrnatilgan. Xitoydan 548 nafar fuqarolarimiz evakuatsiya qilindi, hozir ular ikki haftalik karantinda. Oʻzbekistonda zarur dori-darmonlar va himoya vositalari mavjud”, - deb taʼkidladi Yusupaliyev.

Toshkent Xitoyga bir martalik steril tibbiy qoʻlqoplar, himoya qiluvchi kombinezon, yuz uchun filtrlovchi niqob, maxsus tibbiy forma, tibbiy niqoblar va boshqa himoya vositalarini yubormoqda.

“Aynan shunday murakkab vaziyalarda davlatlar oʻrtasida  haqiqiy doʻstona munosabat namoyon boʻladi”,  - deb xulosa qildi vazirning birinchi oʻrinbosari.

Avvalroq, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan shtabda, 10 fevral holatiga 771 kishi profilaktik karantinda boʻlganligi haqida xabar berilgan. Xavfli kasallik deb gumon qilingan uch mingdan ortiq kishi tekshirildi. Hozirgacha biron bir yuqtirish holati qayd etilmadi.

Mavzu:
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (128)

Asosiy mavzular