10:16 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
967 0 0

Rossiyalik shifokorlar stetoskop va barmoqlar bilan diagnoz qoʻyishni yaxshi biladi, Germaniyada esa - vrachlar laboratoriya va kompyuter diagnostikasi natijalariga ishonadi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Nijniy Novgorod shahri shifoxonasida ishlagan germaniyalik hamshira Mariya Gerlits rus va nemis shifokorlari bir-biridan nima bilan farq qilishini aytib berdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Gerlits aytishiga qaraganda, rossiyalik shifokorlar anaʼanaviy uslublar bilan tashxis qoʻyish borasida juda yaxshi tajribaga ega, lekin bemor bilan muloqot qilishda germaniyalik hamkasabalariga “yutqazadi”.

“Rossiyalik shifokorlar bemorni stetoskop yordamda tinglash yoki barmoqlar bilan bosib koʻrib diagnoz qoʻyishni juda yaxshi oʻrganishgan. Bu ishni ular germaniyalik hamkasabalardan koʻra  yaxshiroq uddalashadi. Balkim bu Rossiyada zamonaviy tashhis qoʻyish uskunalarining qimmatligi bilan bogʻliqdir”, - deydi hamshira.

Germaniyada esa vrachlar laboratoriya izlanishlari hamda kompyuter diagnostikasi natijalariga koʻproq asoslanadi.

Shu bilan birga rossiyalik shifokorlar bemorlarga davolash uslublari yoki dori vositalari haqida batafsil maʼlumot berishmaydi va xushmuomalalikda nemislarga boy berishadi, deydi Gerlits.

Hamshira aytishiga qaraganda, ishlashni boshlaganida bemorlar uni jiddiy qabul qilishmagani tufayli ayrim “juda xushmuomala” iboralardan voz kechishga majbur boʻlgan.

Mariya Gerlits rossiyalda tugʻilib 6 yoshligida Germaniyaga koʻchib ketgan. Soʻnggi yil davomida u tajriba almashish dasturi asosida  bir necha oy Nijniy Novgorod shifoxonasida ishlagan.

Asosiy mavzular