O‘zbekiston va Rossiyani yana bir avtobus yo‘nalishi bog‘laydi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy avtovokzal Yujnie Vorota v Moskve
Mejdunarodniy avtovokzal Yujnie Vorota v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Samarqand-Toshkent-Sankt-Peterburg” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi Samarqanddan 840 ming so‘m, Toshkentdan esa 800 ming so‘mni tashkil etadi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Joriy yilning 25-fevral kunidan “Samarqand-Toshkent-Sankt-Peterburg” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, qatnovlar kun ora amalga oshiriladi. Yo‘nalishda “Uzautotrans service” MChJ va Rossiyaning “TTK GLOBUS” MChJ yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Ma’lum qilinishicha, qatnov Samarqand avtovokzalidan soat 09:00 boshlanadi va “Toshkent” avtovokzalidan avtobus 15:00 jo‘naydi. Qatnov masofasi 4436 km.ni tashkil etadi.

Chipta narxi Samarqanddan 840 ming so‘m, Toshkentdan esa 800 ming so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15 fevraldan "Toshkent-Omsk" yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0