O‘zbek yigiti Afrikadagi eng baland cho‘qqiga O‘zbekiston bayrog‘ini olib chiqdi

© UzAUzbekistanes vpervie pokoril vershinu
Uzbekistanes vpervie pokoril vershinu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bulung‘ur tumanidan bo‘lgan Sanjar Afrikaning Kilimanjaro tog‘ cho‘qqisiga O‘zbekiston bayrog‘ini olib chiqdi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbek yigiti Afrikadagi eng baland cho‘qqisiga O‘zbekiston bayrog‘ini olib chiqdi.  

“Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidan bo‘lgan Sanjar ismli yigit Afrika qit’asidagi eng baland tog‘ cho‘qqilarida turib O‘zbekistonni qanchalik sevishini, ne-ne yurtlarni kezsa ham qalbida ona Vataniga bo‘lgan sadoqati mangu yashashini ta’kidlagan”, - deyiladi O‘zA xabarida.

Kilimanjaro (suaxili tilida -sovuqlik xudosi tog‘i) — Sharqiy Afrikadagi vulkan tog‘i. Tanzaniya hududida joylashgan. Balandligi 5895 metrni tashkil etadi va Afrika materigidagi eng baland cho‘qqi sanaladi.

Yangiliklar lentasi
0