10:36 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
431501

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonovaning farzandi yigʻlagan ayolni zaldan chiqarib yuborgani aks etgan videorolik tarqaldi. Shubhasiz, bu jamoatchilikning qizgʻin muhokamasiga sabab boʻldi.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonovaning farzandi yigʻlagan ayolni zaldan chiqarib yuborgani aks etgan videorolik tarqaldi. Ushbu videorolik jamoatchilikning qizgʻin muhokamasiga sabab boʻlgach, artistning qizi Nilufur Usmonova ommaga murojaat bilan chiqdi.

Nilufar Usmonova zaldan koʻpchilik mehmonlar oldida jerkib chiqarib yuborilgan ayol oʻz farzandining enagasi ekanligini maʼlum qildi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

#asraydi 🤲🏼 Videoni davomini IGTV da ko'ring

Publikatsiya ot Aisha 🌸Nilufar Usmonova (@nilufarusmonova)

Xonandaning soʻzlariga koʻra, u oʻzining yangi musiqiy albomi  taqdimotini oʻtkazgan. Kechaga xonandaning oʻz farzandlari enagasi bilan kelgan boʻlib, uyqu ilitgani bois bola gʻingshigan va albom taqdimotining tinch oʻtishiga xalaqit qilgan.

Shu bois Yulduz Usmonova ayolni zaldan chiqib ketishini qatʼiy talab qilgan.

Onasining videorolikdagi aks etgan qoʻpol munosabati muhokamalarga sabab boʻlayotganligini “qora piar” sifatida baholayotgan Nilufar Usmonova videorolik orqali chiqish qildi va musiqiy albom taqdimotiga yigʻlab xalaqit qilgan farzandi qaysi ekanligini ommaga namoyish qildi.

Hozircha Oʻzbekiston Xalq artistining oʻzi voqea yuzasidan izoh bildirgani yoʻq.

Asosiy mavzular