Toshkentda Britaniya menejment universiteti ochiladi

© Sputnik / Aleks Maknoton / Mediabankka o‘tishFlag Velikobritanii na fone Vestminsterskogo dvorsa v Londone
Flag Velikobritanii na fone Vestminsterskogo dvorsa v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki bosqichda “Loyihalarni boshqarish”, “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”, “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”, “Xalqaro elektron tijorat”, hamda “Raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar qabuli amalga oshiriladi.

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. “Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlanib, umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Podpisan dogovor o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Britaniyey - Sputnik O‘zbekiston
TIVda O‘zbekiston – Britaniya hamkorlik shartnomasi imzolandi

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “British management university” mas’uliyati cheklangan jamiyatining (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”, - deyilgan hujjatda.

Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:

- loyiha boshqaruvi, logistika, tadbirkorlik, innovatsiyalar, elektron tijorat hamda iqtisodiyot tarmoqlari sohalarida xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash;

- iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish;

- respublika oliy ta’lim tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish;

Pustie parti v odnom iz klassov - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Britaniya O‘zbekistonda arzon xususiy maktablar ochadi

- pedagog kadrlarning professional mahorati darajasi va sifatini og‘ishmay oshirib borish, Universitetning professor-o‘qituvchi xodimlarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi;

- ta’lim va ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatga uyg‘un integratsiyalashuvi asosida mutaxassis va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;

- ta’lim va ilmiy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Hujjatda yozilishicha, universitetda dastlabki bosqichda “Loyihalarni boshqarish”, “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”, “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”, “Xalqaro elektron tijorat”, hamda “Raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar qabuli amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0