11:06 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
141520

Rus-tojik Slavyan universitetining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Umid Mansurov oʻzbekistonlik talabalarini oʻz vataniga oʻqishni koʻchirish haqidagi xabarni shubhali yangilik deb atadi.

Bundan avval Tojikiston davlat pedagogik universitetida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talablarini vatanga qaytarish haqida maʼlum boʻldi.

Respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan talablar Tojikiston pedagogika universitetidan hujjatlarini olib, oʻqishni Oʻzbekistonda davom ettirishi mumkin.

“Oliygohlardagi oʻquv yuklamasi butun yilga taqsimlangan. Ehtimol, oʻzbekistonlik talabalar oʻz mamlakati oliy oʻquv yurtlariga koʻchirishni soʻrashlari mumkinligi nazarda tutilgan”, - deb hisoblaydi Mansurov.

“Universitetimizdagi qator oʻzbekistonlik talabalar ham oʻqishni koʻchirishi umidida Oʻzbekistonga joʻnab ketishdi, ammo men ular uddasidan chiqadi deb oʻylamayman. Bizda Oʻzbekiston fuqarolarining 15 foiziga yaqini ketgan”, - dedi prorektor Sputnik Tojikiston bilan suhbatda chogʻida.

U oʻqishni koʻchirishning maʼlum tartibi borligini aytdi. Boshqa oliygohda oʻqishni koʻchirish uchun ikki rektor – Oʻzbekiston va Tojikiston roziligi kerak boʻladi.  

“"Boshqa universitetga oʻtish munosabati bilan talabalar safidan chiqarilsin" – degan formulirovka boʻlishi kerak. Shu holatda bu protseduralarga rioya qilinmayapti, oʻqishni koʻchirish tartibi buzilmoqda”,  - deb taʼkidladi prorektor.

Uning soʻzlariga koʻra, aholisi 34 million boʻlgan Oʻzbekistonda 60 ta oliy oʻquv yurti boʻlgan, aholisi 9 million boʻlgan Tojikistonda 40 ta universitet boʻlgan, Oʻzbekiston universitetlariga abituriyentlar katta tanlovi boʻlgan.

Sovet Ittifoqi davridan beri Surxondaryo viloyatidan aholi tahsil olish uchun Tojikistonga kelgan. Oʻzbek yoshlari politexnika, tibbiyot institutlari va Milliy universitetni tanlashgan.

Chegaralar ochilgandan soʻng, oʻzbekistonlik talabalar oqimi tiklandi, hozir ular rus filologiyasi, tilshunoslik, biologiya, kimyo yoʻnalishlarini tanlashmoqda.

"Slavyan universiteti Rossiya diplomini beradi, shuning uchun oʻzbekistonlik talabalar bu oliygohdan ketishmasa kerak ", - deb qoʻshimcha qildi Mansurov.

Asosiy mavzular