10:18 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
798 0 0

Toshkentda yer uchastkalarini doimiy foydalanishga olish uchun narxlar belgiladi: markaz - 18 million, Sergeli - 7 million dollardan boshlanadi.

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi poytaxt yer uchastkalarini doimiy foydalanishga olish uchun eng kam toʻlov miqdorlarini belgilashni rejalashtirmoqda. Bu haqida yangi eʼlon qilingan qonun loyihasida aytib oʻtilgan.

Belgilangan narxlar yer uchastkalarini doimiy foydalanishga olish uchun belgilangan eng kam narx hisoblanadi. Yer uchastka narxlari soliq hududlaridan kelib chiqqan holda belgilangan, - deyilgan qaror matnida.

Hokimlik qarori loyihasida 1 gektar yer uchun quyidagi narxlar belgilangan:

  • 1-zona – 18 102 214 700 soʻm; 
  • 2-zona – 14 481 771 800 soʻm; 
  • 3-zona – 10 861 328 800 soʻm; 
  • 4-zona – 7 240 885 900 soʻm; 
  • 5-zona – 3 620 443 000 soʻm; 

Markazga egn yaqin boʻlgan 1,2,3 zonalar Olmazor, Chilonzor, Shayxontoxur va Yakkasaroy tumanlari joylashgan. Sergeli va uchtepa tumanlari 4,5 zonalarda joylashgan. Bektemir tumani – 5 hududda joylashgan. Zonalar batafsil xaritasini Uzkadastr saytida tanishish mumkin.

Qonun 27 fevralga qadar muhokamada boʻladi.

Asosiy mavzular