Tank romantikasi: yigit qizga tanklar yordamida turmushga chiqishni taklif qildi - video

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPokazatelniy viezd istoricheskoy bronetexniki v Primorye
Pokazatelniy viezd istoricheskoy bronetexniki v Primorye - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taman diviziyasining eng mohir tankchilari 16ta T-72 tanklari ishtirokida sinxron ravishda yurak shaklida saf tortishdi.

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Rossiyaning Taman diviziyasi leytenanti 16ta tank ishtirokida yurak shaklini yasab yaxshi ko‘rgan qiziga turmushga chiqishni taklif qildi. Bu haqida “Zvezda” telekanali xabar qilmoqda.

Voqea Moskva viloyatidagi Alabino poligonida bo‘lib o‘tgan. Undan Denis Kazansev ismli vzvod komandiri o‘zining yaxshi ko‘rgan qizini polgonga taklif qilgan. 16ta T-72 tanklari esa sinxron ravishda ularning atrofida yurak shaklida saf tortgan. Va ushbu tantanali muhitda yigit qizga turmushga chiqishni taklif qilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu “oliy pilotaj shaklni” yasash uchun Taman diviziyasining eng mohir tankchilari ishtirok etgan.

Marosimni suratga olgan “Zvezda” telekanali boshlovchisi yoshlarga baxt tilab to‘yni “avgustda tank biatloni vaqtida nishonlashni” maslahat berdi.

Yangiliklar lentasi
0