10:04 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
1279 0 0

“Oliy taʼlim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 14 fev – Sputnik. “Oliy taʼlim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar:

-  Alisher Yusubjanovich Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Shavkat Safarovich Sharipov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Shavkat Safarovich Sharipov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Abdugani Jumanazarovich Xolbekov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Baxodir Boypulotovich Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Baxtiyor Xudayberdiyevich Daniyarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Sobitxon Toshpoʻlatovich Turgʻunov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Muzaffar Xoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

- Botir Shukurillayevich Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Shuxrat Axmadjanovich Mutalov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Azamat Muxitdinovich Shamsiyev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

-  Jasur Alimdjanovich Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

-  Orifjan Shadiyevich Bazarov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nazirila Nasimxanovich Maxmudov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Sharibboy Tulanovich Ergashev Namangan muhandislik-qurilish institutining  rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Shukurjon Sharipovich Kenjaboyev ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Mamirjon Yusupovich Atadjanov Qoʻqon davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Azizjon Gʻulomjonovich Eminov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Abdullajon Kadirovich Xamrakulov Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali ijrochi direktori - Filial direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.

Asosiy mavzular