10:22 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
618 0 0

Surxondaryoda elektr quvvati yetishmaydi, shu sabab svet koʻp oʻchadi, lekin sentyabr oyida ushbu muammo hal boʻlishi kerak.

TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Energetika vazirligi mutasaddilari Surxondaryo viloyatining ayrim hududlarida kuniga bir necha marotaba svet oʻchayotganining sababini hamda ushbu muammo qachon hal boʻlishini aytishdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Bugungi kunda boshqa viloyatlarga nisbatan, Surxondaryo viloyatida elektr energiyasi boʻyicha cheklov bor. Sababi, viloyatdagi 500 kVtga ega podstantsiyaning quvvati yetmayapti. Ayni damda “Milliy elektr tarmoqlari” Surxon podstantsiyasini Jahon banki mablagʻlari asosida rekonstruktsiya qilmoqda. Shunga  koʻra bu muammo joriy yilning Sentyabr-Oktyabr oylarida hal etilishi koʻzda tutilgan, - dedi “Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi Ulugʻbek Mustafoyev.

“Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi  taʼkidlashicha,  elektr energiyasining grafik asosida taqsimlanishida oʻsha hududdagi tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, tibbiyot muassasalari, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari, eksportyor korxonalar, 24 soat davomida  elektr energiyasi bilan taʼminlanishi zarur boʻlgan donni qayta ishlash korxonalari borligini hisobga olinadi.

Shu bois ishlab chiqarish korxonalari kamroq boʻlgan hududlarda elektr energiyasi koʻproq uzatiladi. Grafikka koʻra har bir mahallaga 1, uzogʻi bilan kuniga ikki mahal 1 soatdan elektr energiyasi oʻchirilishi mumkin. Havo issiq boʻlgan kunlarda elektr energiyasiga boʻlgan talab kamayadi va oʻsha kunlarida elektr energiyasi kamroq oʻchadi.

 

Asosiy mavzular