09:08 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
714 0 0

Samarqandlik talaba, onlayn ravishda, dunyoni qoramol oʻlati kasalligidan qutqardi. Endi u mukofotni olish uchun Parijga boradi.

TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Dunyoni qoramol oʻlatidan qutqarishga bagʻishlangan veterinariya boʻyicha onlayn musobaqada Oʻzbekiston jamoasi gʻolib chiqdi, deb xabar qilmoqda Veterinariya qoʻmitasining axborot xizmati. 

Musobaqa qoidasiga koʻra, gʻolib mamlakat – dunyoni qoramollarning oʻlat kasalligidan qutqargan mamlakat hisoblanadi, deyilgan xabarda.

2019 yilda  Butunjahon veterinariya tashkiloti tomonidan OIE Rinderpest Challenge eʼlon qilinib, unda dunyoning 121 davlati veterinariya mutaxassislari va talabalari gʻoliblik uchun kurashishgan.

Toʻrt hafta davom etgan Chellendj kurashida Natijada Oʻzbekiston 4,1 mln. ball toʻplab, yangi rekord natijani qayd etgan holda, boshqa malakatlarga imkoniyat qoldirmay, mutloq gʻoliblikni qoʻlga qiritgan. Kuchli oʻnlikda 7 nafar Oʻzbekistonlik ishtirok etgan. Shu jumladan, Qoʻmitaning Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 4-bosqich talabasi Nurmuxammad Narziyev shaxsiy natijalar boʻyicha sharafli birinchi oʻrinni egallagan.

Shahsiy natijalar boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻolib ishtirokchi joriy yil may oyida Parij shahrida boʻlib oʻtadigan Butunjahon veterinariya tashkiloti xalqaro assambleyasining 88-Bosh sessiyasiga fahrli mehmon sifatida rasman taklif etiladi.

Asosiy mavzular