10:46 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
166201

Oltinsoyda aholi va huquqni saqlash organlari orasida sodir boʻlgan mojaroda ikki nafar xodim jarohat oldi.

TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Surxondaryoning Oltinsoy tumanida aholi va IIB xodimlari orasida mojaro sodir boʻldi, ikki xodim jarohat oldi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Maʼlum boʻlishicha, mojaro 14 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida Halqabod mahallasida joylashgan fermer xoʻjaligiga tegishli yer maydonida fuqarolar noqonuniy ravishda qurgan uylarni buzish vaqtida sodir boʻlgan.

“Ayrim fuqarolar qoʻllariga turli buyumlar (tayoq, bolta, toshlar, bel kurak va boshqa) bilan ishchi guruh vakillariga tajovuz qilganliklari oqibatida oʻrtada janjal kelib chiqqan”, - deyilgan xabarda.  

Tajovuzlar natijasida IIB xodimi safdor SH.Mustofoqulovga “Bosh miyaning yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, boshning peshona oʻng qosh usti, oʻng yon tomoni ezilgan, yirtilgan jaroxatlari, oʻng koʻz qavogʻi yumshoq toʻqimalarning ezilishi va gematomasi, burnining oʻng tomoni yuz sohasidagi yirtilgan jaroxat”, shuningdek profilaktika inspektori yordamchisi A.Jabborovga “Chap yelka oʻmrov akramiyal boʻgʻimi sohasi yumshoq toʻqimalarining ezilishi” kabi tan jarohatlari yetkazilgan.

V Surxandarinskoy oblasti vo vremya snosa nezakonnыx postroyek

Koʻrilgan choralar natijasida jamoat tartibini buzayotgan fuqarolar zararsizlantirilib, jamoat tartibi barqarorlashtirilgan. 

Aholi vakillari orasida tan jarohati olganlar haqida maʼlumotlar berilmagan. Ayni damda ushbu holat yuzasidan Oltinsoy tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular