21:52 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
171320

Xitoy olimlari koʻk choyning yana bir foydali xususiyatini aniqladi. Koʻk choy saraton hoʻjaralarining oʻsishini oldini olishi mumkin.

TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Xitoylik olimlar koʻk choy tarkibida saraton hujayralari oʻsishi uchun zarur boʻlgan fermentni cheklaydigan (bloklaydigan) modda mavjudligini aniqladilar. RIA Novosti xabariga asosan.

Koʻk choy muntazam isteʼmol qilish va koʻkrak saratoni rivojlanish past xavfi oʻrtasida ijobiy bogʻliqlik oʻrnatildi. Tadqiqot natijalari International Journal of Food Sciences and Nutrition jurnalida chop etildi.

Xitoylik olimlar turli xil oʻsimlik ingrediyentlarning saraton kasalligini rivojlanishiga taʼsiri boʻyicha 16 ta tadqiqot natijalarini tahlil qilishdi. Buning natijasida koʻk choy isteʼmoli va koʻkrak saratoni oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqladilar: yashil choyni umuman yoki umuman ichmaganlar bilan taqqoslaganda, yashil choyni koʻp va bir necha yil davomida muntazam koʻk choyni  isteʼmol qilgan ayollarda koʻkrak saratoni xavfi kamroq boʻlgan.

Tadqiqotchilar saratonga qarish asosiy agent rolini epigallokatexin-3-gallat (ECGC) oʻynaydi, degan xulosaga keldi – polifenol guruhiga kiruvchi organik modda, u  oksidantlarga qarshi xususiyatdan tashqari, hujayralarni yuqori himoya qilish funktsiyaga ega.

Saraton hujayralari oʻsishi uchun zarur boʻlgan fermentni bloklaydi, bu oʻsmaning oʻsishini toʻxtatadi.

Taʼkidlab oʻtish kerakki, mualliflar tayangan tadqiqotlarning aksariyati Osiyoda oʻtkazilgan boʻlib, unda kuniga 10 stakan koʻk choy isteʼmol qilish norma hisoblanadi. Shuning uchun Xitoy dunyoda koʻkrak saratoni bilan kasallanish darajasi boʻyicha eng past koʻrsatkichga ega ekanligi tasodif emas.

Mualliflar taʼkidlashicha, Osiyo aholisi uchun koʻk choyning shifobaxsh xususiyatlari nafaqat uni koʻp isteʼmol qilish bilan, balki anʼanaviy Osiyo taomlari bilan ham bogʻliq.

Koʻk choy ichak mikroflorasini yaxshi, vazn yoʻqotish bilan yordam berishigan qaramay, bu choy tarkibida yuqori miqdordagi kofein mavjudligini yodda tutish kerak, shuning uchun olimlar koʻp miqdorda ichish baʼzi kasalliklarda xavfli boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantiradilar.

Asosiy mavzular