11:43 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
167 0 0

Qabul qilingan buyruq nodavlat umumtaʼlim tashkilotidan oʻqishini davlat umumtaʼlim muassasasiga koʻchirishga oid talablarni belgilab beradi.

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻquvchilarni maktabdan maktabga oʻtkazish tartibi takomillashtirildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi qabul qilindi.

Mazkur buyruq Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1028-son “Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Buyruq nodavlat umumtaʼlim tashkilotidan oʻqishini davlat umumtaʼlim muassasasiga koʻchirishga oid talablarni belgilab beradi.

Hujjatga koʻra, nodavlat umumtaʼlim tashkilotidan oʻqishini davlat umumtaʼlim muassasasiga koʻchirgan oʻquvchilarning ota-onalari oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga taʼlim oluvchilar safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, oʻqiganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma hamda taʼlim oluvchining baholar (oʻzlashtirish) tabelini taqdim etilishi nazarda tutiladi.

Teglar:
maktab

Asosiy mavzular