Barmoqlarni qisirlatish odati suyak bo‘g‘inlarini erta "pensiya"ga yuboradi - ortoped

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyMujchina xrustit palsami. Arxivnoe foto
Mujchina xrustit palsami. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barmoq yoki bo‘yin qisirlatish odati suyak bo‘g‘inlarini muddatidan avval “pensiya”ga yuboradi - ortoped-travmatolog Konstantin Ternovoy.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Barmoq yoki bo‘yin qisirlatish odati suyak bo‘g‘inlarini muddatidan avval “pensiya”ga yuboradi.

O‘zbek nonushtasi 2 - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar ko‘k choyning yana bir foydali xususiyatini aniqlashdi

Bu haqda ortoped-travmatolog Konstantin Ternovoy Sputnik radio efirida o‘z fikrlarini bildirdi.  

“Ko‘pchilik barmoq yoki bo‘yin qisirlatishni yaxshi ko‘radi. Bu, asosan, qo‘llar yoki bo‘yinning mushaklaridagi zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lib, bu qisirlatish istagini paydo bo‘lishiga olib keladi. Odamlar buni kuniga 20-30 marta muntazam ravishda qilsalar, bu ko‘proq harakatchan nevrozga o‘xshaydi. Bu odamlarning tirnoq chaynashiga o‘xshaydi”, - deydi shifokor.

Agar bo‘g‘inlarni tez-tez qisirlatsangiz, sog‘lig‘ingizga yetkaziladigan asosiy zarar – bu suyak bo‘g‘imlarining qarishini tezlashtiradi.

“Qo‘l va bo‘yin bo‘g‘imlarini tez-tez qisirlatish beqarorlikka olib keladi. Bundan bo‘g‘inlar bo‘shashadi, bu esa tezroq siyqalanish va artrozga olib keladi. Agar siz doimo bo‘g‘imlarni bo‘shashtirib tursangiz, 50 da artrozga duchor bo‘lasiz, odatda u 70 yoshda paydo bo‘lishi kerak”, - deydi Ternovoy.

Oddiy massaj yomon odatdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Professional kishi mushaklarning kuchlanishini osongina yengillashtiradi va bo‘g‘imlarga zarar yetkazmaydi.

“Barmoq qisirlatishga mo‘kkasidan ketganlar” nevrozni davolash uchun psixiatrga murojaat qilishlari kerak, deb qo‘shimcha qildi shifokor.

Yangiliklar lentasi
0