10:22 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
208 0 0

Koronavirus oʻchogʻi boʻlgan Uxan shahridan olib kelingan fuqarolar, jumladan, 5 nafar Qozogʻiston fuqarolarining karantin muddati yakuniga yetdi.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Koronavirus infektsiyasi oʻchogʻi boʻlgan Uxan shahridan olib kelingan fuqarolarga javob berildi. Ularda ham koronavirus alomatlari aniqlanmadi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Taʼkidlanishicha, 84 nafar fuqaro, shu jumladan, 5 nafar Qozogʻiston fuqarolarining karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan uyiga kuzatilgan.

“Ochigʻi, Xitoyning Uxan shahri koronavirus infektsiyasining oʻchogʻi boʻlgani bois judayam xavotirga tushgan edik. Shunday qaltis vaziyatda davlatimiz tomonidan oʻz fuqarolariga koʻmak bergani bizni judayam gʻururlantirdi”, – deydi toshkentlik Doniyor Ubaydullayev.

“Karantin davrining boshi va oxirida 84 nafar fuqaro ikki marta koronavirus infektsiyasi bor yoʻqligini aniqlash boʻyicha virusologik laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazildi. Tahlil natijalari biror fuqaroda ham koronavirus infektsiyasi yoʻqligini aniqlab berdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Boʻston” sanatoriysida joylashtirilgan 294 nafar fuqaroga karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan javob berilgan edi.

Asosiy mavzular