O‘zbekiston YuNESKOning nomoddiy meroslar ro‘yxatini kengaytirish ustida ishlamoqda

© Foto: Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalniy tanes
Natsionalniy tanes - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston YuNESKOning nomoddiy meroslar ro‘yxatini kengaytirish ustida ishlamoqda - “Xalqaro oltin meros” xayriya jamoat fondi raisi Amirqul Karimov.

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. O‘zbekiston YuNESKOning nomoddiy meroslar ro‘yxatini kengaytirish ustida ishlamoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Universitetskiy prospekt v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Yashil meros: Samarqand chinorlarini kim ekkan?

“Xalqaro oltin meros” xayriya jamoat fondi raisi Amirqul Karimov O‘zbekiston tomoni YuNESKOning nomoddiy meroslar ro‘yxatini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

“Toshkent va Toshkent viloyatidagi 150 tadan ortiq ziyoratgohlarni haqida ma’lumot beradigan madaniy meros obyektlarni xaritasini tuzganmiz. Madaniyat vazirligi bilan nodavlat notijorat tashkilotlarni o‘zaro hamkorlik madaniy merosimizni muhofaza qilishda katta o‘rin tutadi. Nafaqat madaniy merosimiz, moddiy nomoddiy merosimiz ham mavjud. Bu sohada ham harakat qilmoqdamiz. 2019-yil 12-dekabr kuni Bogota shahrida “Xorazm raqsi” lazgi o‘zbek xalkini nomoddiy meros sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Shu ishda ham "Oltin meros" xalqaro xayriya jamg‘armasi tashabbuskor bo‘ldi”, - dedi Amirqul Karimov.

Karimov YuNESKOga taqdim etilishi kutilayotgan yangi nomoddiy meros obyektlari haqida ma’lumot berdi.

“2019 yil dekabrda “Xorazm raqsi” lazgi Bogotada qabul qilingan bo‘lsa, buni tayyorgarligi 2016-yilda boshlangan. Shu kunlarda bir qancha yangi nominatsiyalar haqida o‘ylayapmiz – bu baxshchilik, etnos sport, Qozog‘iston-Qirg‘iziston-Tojikiston-Afg‘oniston birgalikda "kashtachilik" bo‘yicha nominatsiyasi bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ketmoqda. O‘ylaymanki, 31-martgacha bu nominatsiyalarni topshiramiz”, - deb ta’kidladi Karimov.

Torgovlya suvenirami dlya turistov - Sputnik O‘zbekiston
Madaniy meros obyektlari hududida faqat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan suvenirlar sotiladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, YuNESKOning bir qancha moddiy va nomoddiy meros obyektlari ro‘yxatlari bor. Bundan tashqari, jahon xotirasi – bu xalqlarning hujjatli merosi ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanadi.

“Yaqinda Xiva xonligi arxividagi hujjatlar jahon xotirasi merosiga qabul qilindi. Bu sohada ham bir qancha ishlar olib borilyapti. Men o‘ylaymanki, davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini kengaytirish yo‘lida ham kerak bo‘ladi. Chunki juda katta merosimiz bor. Bu sohada yaqinda qabul qilingan nizom davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligi huquqiy asosini yaratadi deb o‘ylaymiz”, - deb qo‘shimcha qildi Karimov.

Yangiliklar lentasi
0